Maktabimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi


Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbarlari, barcha apparat xodimlari,  tuman bo'limlari mas'ul vakillari, Mirobod va Bektemir tumani maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etdi. Toshkent shahridagi boshqa barcha tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari esa ZOOM platformasi orqali yig'ilishda onlayn qatnashdilar.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarma boshlig'i Abdumalik Yo'ldoshev, Respublika  Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mas'ul xodimi Sardor Mamanov va boshqalar so'zga chiqdi.


Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati


Foydali Havolalar