Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Koreya xalqaro hamkorlik аgentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myong Sop bilan uchrashdi


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Koreya xalqaro hamkorlik аgentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myong Sop bilan uchrashdi.
Uchrashuvda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan “Dot Pad” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi. 
Ushbu tashabbus zamonaviy taktil o‘quv uskunalari va ularga mos texnologiyalarni taqdim etish orqali inklyuziv ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi. Memorandum ta’lim sohasida innovatsiya va tenglikni rivojlantirish borasidagi ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi.
Loyiha doirasida “Dot Pad” qurilmasi, ular bilan ishlash uchun boshqaruv uskunasi yetkazib beriladi, shuningdek, o‘qituvchilarga mazkur moslamalar bilan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashishda muhim qadam hisoblanadi.

Foydali Havolalar