Maktablarida ta'lim sifatini ta'minlash, pedagoglar salohiyatini oshirish, xalqaro tadqiqotlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi
Shuningdek, unda Singapur bilan hamkorlikda joriy etilgan sun'iy intellektga asoslangan raqamli ta'lim platformasi (Cerebry)dan foydalanish samaradorligiga mas'ul mutaxasislar tomonidan baho berildi. Amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko'rsatildi.
Yig'ilishda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari S.Rajabov, vazir maslahatchisi U.Toshkenboyev, boshqarma boshlig'i N.Husanboyeva qatnashdi.
Tadbirda ikki yuz nafar maktab direktori bevosita ishtirok etgan bo'lsa, qolgan barcha maktab rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatib borishdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati