Maktabimizda shoira Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag'ishlab "Zulfiyaxonim vafo va sadoqat kuychisi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Maktabimizda shoira Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligiga bag'ishlab "Zulfiyaxonim vafo va sadoqat kuychisi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid tashrif buyurdilar. Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan tadbirda o'quvchilar tomonidan bahor valsi, shoira hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar, she'rlar, "Hamid Olimjon va Zulfiya monologi" mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, o‘zbek tili fani o'qituvchisi Xasanova Z.I. sahnada Zulfiyaxonim qiyofasini gavdalantirib, shoira she'rlaridan o'qidi. Dilrabo qo'shiq va raqslar tadbirga yanada fayz bag'ishladi. Tadbir mazmunli tashkil etildi.
