Avval xabar qilganimizdek, shu kunlarda Kanadaning Monreal shahridagi umumta'lim maktabi o'quvchilari yurtimizda bo'lib turishibdi
Bugun kanadalik o'quvchi-yoshlar poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kanadalik o'quvchilar o'z tengqurlari bilan dars jarayonlarida ishtirok etdi. Voleybol o'yinida birga kuch sinashdilar. Maktab kutubxonasida bo'lib, bu yerdagi imkoniyatlarga yuksak baho berishdi va o'z taassurotlarini tengqurlari bilan o'rtoqlashdilar.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati