Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta'lim maktabida “PISA-2025 xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonida noan'anaviy yondashuvlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri maslahatchisi Ulug'bek Toshkenboyev rahbarligidagi Ishchi guruh a'zolari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i I.Yuldasheva, tuman bo'limlari mas'ullari hamda xalqaro tadqiqotda ishtirok etuvchi 52 ta ta'lim muassasasi direktorlari ishtirok etdi.
Seminarda xalqaro PISA-2025 tadqiqoti o'tkaziladigan maktablarda sinov jarayonlariga tayyorgarlik va uni o'tkazish bilan bog'liq zarur sharoitlar  tahlil qilindi. Yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida to'xtalinildi.  PISA – Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturida munosib ishtirok etishini ta'minlash bo'yicha maktablarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar belgilab olindi.



Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

Foydali Havolalar