Fizika fani bilimdonlarini musobaqaga chorlaymiz!

Bolalar ombudsmani, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat hokimliklari, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi bilan hamkorlikda yirik loyihaga start berdi. 
Joriy yilning 22-may kuni Respublika bo‘yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun fizika fanidan o‘zbek va rus tillarida onlayn musobaqa o‘tkaziladi.

Aziz bilimdonlar❕
Fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlikning ilk debochasi bo‘lgan musobaqani o‘tkazib yubormang. Qobiliyat va imkoniyatlaringizni bilimlar maydonida kengaytirish sari qadam tashlang. 

Gʻoliblar munosib rag‘batlantiriladi va sertifikat bilan taqdirlanadi. 


Foydali Havolalar