"Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish boshlanmoqda
Avval xabar qilinganidek, joriy o‘quv yilidan boshlab "Jasorat maktablari"ga kirish uchun nomzod o‘quvchilar hujjatlari ariza.piima.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
➖ Hujjatlar qabuli 2025-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha amalga oshiriladi.
👉 Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida:
➖ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.
➖ Unda malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatishi belgilangan.