"Vatanni himoya qilish-eng oliy burch" mavzusida harbiy vatanparvarlik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

2024 yilning 13 yanvar kuni Mirobod tumanidagi 110-sonli IDUMda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 32 yilligi xamda 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatanni himoya qilish-eng oliy burch" mavzusida harbiy vatanparvarlik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Mirobod tumani sobiq mudofaa bo‘limi boshlig‘i zaxiradagi polkovnik X.Zupparov, Sharof Rashidov MFY raisi R.Ubaydullayev, maktabning ChQBT fani o‘qituvchilari mayor D.Rasulov, leytenant S.Nigmatullayev va boshqalar ishtirok etdilar. Mehmonlar yosh avlodga Vatanni himoya qilish va asrash muqaddas burch ekanligini o‘z ma’ruzalarida bayon etib, maslahatlar berishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda yuqori saviyada tashkil etildi.


Foydali Havolalar