Umumta’lim maktablari o‘rtasida tashkil etilgan “eng yaxshi ekologik toza maktab” videolavhalar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Eng yaxshi ekologik toza maktab” ekologik onlayn ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilingan edi. 
Yilning 7-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining binosida ko‘rik-tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandi.
Gʻolib deb topilgan ta’lim muassasalariga vazirlik tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev tomonidan topshirildi.
Ma’lumot uchun, jamoatchilik tomonidan g‘oliblarni aniqlash uchun saralangan videoroliklar vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy tanlovlar sahifasida e’lon qilindi. 
Ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan qo‘yidagi ta’lim muassasalar “Eng yaxshi ekologik toza maktab” videolavhalar tanlovi g‘olibi deb topildi.

Foydali Havolalar