O‘zbekistonlik o'quvchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning  10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio  shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi Javohir Sultonov  bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, mazkur olimpiadada 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Ushbu medal Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi. 
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medalni (2018, 2021, 2023) qo‘lga kiritishgan.

Foydali Havolalar