Maktablar kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan butun Respublika bo’ylab maktablardagi kompyuter sinfxonalari xatlovdan o’tkazilayotganligi haqida xabar bergandik. Jumladan, Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari ham xatlovdan o’tkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari to’plami jo’natilmoqda. Har bir to’plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.
Respublikaning boshqa hududlariga ham kompyuterlar bosqichma-bosqich tarzda yetkazib beriladi. 


Foydali Havolalar