“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi tashkil etiladi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etiladi. Kuni kecha O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda Toshkent shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlari rahbarlari ishtirok etishdi. Unda mazkur musobaqalarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, o‘tkazish tartibi, musobaqa nizomi va qulay sport turlari yuzasidan o'zaro fikr almashildi.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

Foydali Havolalar