Tumandagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar o'quv-seminari boshlandi

Bugun poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida tumandagi maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar o'quv-seminari boshlandi. Seminarning dastlabki kunida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, Toshkent shahar IIB bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ravshan Sultonxo'jayev hamda boshqalar so'zga chiqdi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

Foydali Havolalar