Toshkent shahrida Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi tashkil etildi

2023-yil 31-avgust kuni Toshkent shahrida Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi tashkil etildi. Respublika bolalar kutubxonasining hozirgi yangi ko‘rinishida zamonaviy keng va yorug‘ kitob zallarini, ovoz yozish studiyasini, qayta tiklangan manzarali pannolarni hamda kitobxonlik tadbirlari va turli mahorat darslari, spektakl va filmlar namoyishi uchun hovli markazida joylashgan katta yog‘ochli pergolani ko‘rishingiz mumkin. Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi munosabati bilan ham bolalar, ham kattalarga maroqli bo‘ladigan kutubxona bosh me’mori Lyubov Leontyevaning ma’ruzasi, Asadbek Obidjonovning “Yosh dirijyor bo‘lib yetishishga doir” ochiq suhbati, ruhshunos Natalya Reshimning “Shunchaki muhim narsalar haqida” kitobi, harakatli dizayn, kollajlar yaratish, havaskor boshlovchilar uchun fortepiano chalish, “Goodween” Gullar uyi ishtirokida guldastalar yasash mahorat darsi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgan kitobxonlarga kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar va uning qulayliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Foydali Havolalar