Dushanbe shahar ta'lim bosh boshqarmasi rahbarligidagi delegatsiya 110- va 60-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida bo'ldilar

Ayni kunlarda Dushanbe shahar ta'lim bosh boshqarmasi boshlig'i Bahrom Mansur Ismoilzoda rahbarligidagi delegatsiya poytaxtimizda bo'lib turishibdi. Tashrif davomda mehmonlar Mirobod tumanidagi 110- va 60-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarida bo'ldilar.
Dushanbelik mutaxassislar maktablar ma'muriyati va pedagoglari bilan muloqot qildi. Kelgusida tojikistonlik hamkasblar bilan ta'lim va tarbiya sifati, samaradorligini oshirishda amaliy hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Jumladan, mazkur maktablarning o'zida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislari bilan emaktab.uz loyihasini Tojikiston Respublikasi maktablarida ham joriy etish va rivojlantirish borasida o'zaro fikr almashildi.



🖌Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati

Foydali Havolalar