Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ustuvor masalalarga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tanqidiy ruhda kechdi
2023-2024-o‘quv yilida tizimda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga bevosita to‘xtalib o‘tildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan yig‘ilishda sohada yo‘lga qo‘yilayotgan kamchiliklar ham tilga olindi.
Joylarda maktabgacha ta’limga qamrov darajasini oshirish bo‘yicha ishlar sarhisobi keltirilib, mas’ullarga maktabgacha ta’limga qamrov darajasini oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.
➖ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga qattiq e’tibor berish ta’kidlandi
➖Fuqarolar murojaatlari tahlil etilib, vazirlikda sentabrning oxiri va oktabr oyi “Dolzarb oylik” etib belgilandi.
➖Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vazirlik markaziy apparatida Ishchi shtabi tashkil etildi.