“Global ta’lim forumi turizmni rivojlantirish asosi” forumi o'tkazildi

"Ta’lim turizmi rivoji mamlakat taraqqiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biridir"
Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida qator masalalarga doir uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda. Bugun o‘tkazilgan “Global ta’lim forumi turizmni rivojlantirish asosi” Forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nuqt so'zladi. 
➖ Unda vazir xususan, ta’lim sifatini oshirish orqali yaqin yillarda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonning Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishi uchun muhim rejalar bilan o‘rtoqlashdi.


Foydali Havolalar