Maktabimizda "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz" shiori ostida "Ma’naviyat marafoni" o‘tkazildi

Maktabimizda joriy yilning 10-noyabr kuni "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak vatanmiz" shiori ostida "Ma’naviyat marafoni" o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Senator, shoir Minxojiddin Mirzo, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiyi Jamila Shermuxammedova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Do‘stlik ordeni sohibi, shoir Zikrilla Ne’mat, Tayetr va kinoakter Alisher Otabayev, aktrisa Oygul Abduraxmanova, Ustozzoda san’atkor, xonanda Aziz Rajabiy, O‘zbekiston Davlat filormoniyasi xonandasi Saidakbar Xolmatov, Faxriddin Nazarov, "Artist" loyixasi ishtirokchisi Sevdor Toxirov, Milliy telekanal prodyusseri Temur Normatovlar ishtirok etishdi. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat rahbari tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishdi.

Foydali Havolalar