2023-2024 o'quv yiliga bag'ishlangan yeg'ilish o'tkazildi

Kuni kecha poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o'quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta maktab, jumladan, Toshkent shahridagi 87 ta maktab direktorlari uchun offlayn hamda ZOOM dasturi orqali yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxo'jayev olib bordi. Unda 2023-2024-o'quv yilining birinchi choragida o'quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi bo'yicha choraklik summativ baholash natijalari tahlil qilindi. Ikkinchi chorak yakunlari oldidan vazifalar belgilab olindi.


Foydali Havolalar