Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazilmoqda


Bugun poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga bag'ishlangan seminar-trening o'tkazilmoqda.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriligi Ta'lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Abduqodir Karimberdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagoglarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.
Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, tuman bo'limlari yetakchi mutaxassislari hamda umumta'lim maktablari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari qatnashmoqda.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

Foydali Havolalar