Texnologiya fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi


Kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Texnologiya” fani boʻyicha Ilmiy metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➖ Unda vazirlik masʼullari, Texnologiya fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi.

❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining  5-sinf Texnologiya fani oʻquv dasturi muhokama qilindi.

Jumladan:

➖ Dasturga kiritilgan yangi “Zamonaviy texnika va texnologiyalar” bobi orqali o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, 
➖Duradgorlik ustaxonasi,  yog'ochlardan buyum yasash bosqichlari,
➖Xalq hunarmandchiligi ish usullari, ijtimoiy - iqtisodiy texnologiya asoslari, 
➖Robototexnika yo'nalishidagi mavzular, 
➖O'zbek milliy osxonasi, 
➖Tikuvchilik, zamonaviy kashtachilik
➖ Agrotexnologiyaning asosiy yo'nalishlari, bog'dorchilik, gidraponika kabi mavzular tahlil qilindi. 

Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi.

⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Texnologiya fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.







Foydali Havolalar