Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi


Unda tanlovning dastlabki bosqichida saralangan to'qqizta umumta'lim maktabi jamoalari shahar bosqichiga beriladigan yo'llanma uchun o'zaro bahs yuritishdi. Yakunda eng ko'p ball jamg'argan 294-maktab o'quvchilar faxrli 1-o'rinni egallashdi. Keyingi pog'onalardan 125 - hamda 110-maktab vakillari joy oldilar.
E'tiborlisi, tanlovda O'zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan atrist Ra'no Yarasheva hamda “Shuhrat” medali sohibi, teatr va kino aktyori Mirolim Qilichevlar o'quvchi-yoshlarning chiqishlarini baholab borishdi.


Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati






Foydali Havolalar