“Ma'naviy barkamol yoshlar — kelajagimiz poydevori” mavzusida tumandagi maktablar o'quvchi-qizlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Poytaxtimizning Mirobod tumandagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Ma'naviy barkamol yoshlar — kelajagimiz poydevori” mavzusida tumandagi maktablar o'quvchi-qizlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Unda Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent shahar bo'limi rahbari Muhayyo Ismoilova, Mirobod tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Mo'xtabar Maraimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Zuhra Ashurova, psixologlar Shoira Isoqova, Hurriyat Rahmatullayeva  ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda o'quvchi-qizlar bilan gender tenglik, qizlarning hayotda o'z o'rnini topishlari, ularning ibo-hayosi, milliy qadriyatlarning qizlar hayotidagi o'rni kabi masalalar yuzasidan dildan suhbat olib borildi.


Foydali Havolalar