O'quv seminar tashkil etildi

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida poytaxtimizdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshpaz va hamshiralari uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasi, SEO va JSHning shahar boshqarmasi, O'zbekiston Respublikasi oshpazlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug'bek, Shayxontohur, Olmazor hamda Uchtepa tumanlari davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti oshpaz va hamshiralari ishtirok etdi.



Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

Foydali Havolalar