Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi

Bugun Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o'tgan uchrashuvda qatnashchilar ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ta’limda innovatsion loyihalardan foydalanish, inklyuziv ta’lim hamda yoshlarni o'ylantirayotgan muammolar to‘g‘risida o'z takliflarini bildirishdi va o'zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
Tadbir doirasida sohani rivojlantirishga hissa qo'shayotgan faol pedagoglar va namunali yoshlarga tashakkurnoma hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Foydali Havolalar