"Yoshlar oyligi" doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov yoshlar bilan uchrashdi

Poytaxtimizdagi UZEXPO markazida "Yoshlar oyligi" doirasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov yoshlar bilan uchrashdi.
Unda shahar hokimi Shavkat Umurzakov tadbir ishtirokchilarini 30-iyun — Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Katta hayotga qadam qo'yayotgan yigit-qizlarga omad tiladi. Yurtimizda yoshlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga alohida urg'u berib, ularning munosib g'oya va loyihalarini doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuv doirasida shahar hokimi poytaxtimiz umumta'lim maktablarini namunali xulq va a'lo baholar bilan bitirgan bir guruh yigit-qizlarni oltin medallar bilan taqdirladi. Shuningdek, faol yoshlarga tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Foydali Havolalar