"Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida o'quv seminar bo'lib o'tdi

Bugun Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta'lim maktabida tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas’ullari, maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida o'quv seminar bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mas'ul xodimi S.Baxronov ishtirok etdi. Seminar qatnashchilariga maktabgacha va maktab ta'limi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiya holatlari bo'yicha tashkil etilgan aloqa kanallari orqali kelib tushayotgan xabarlarni o'rganish tartibi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
   
Tadbir ishtirokchilari savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.

Foydali Havolalar