Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichlari

Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Foydali Havolalar