Yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish hamda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, masʼul xodimlar hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Dastavval, vazir Prezidentimiz tomonidan eʼtirof etilib, Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarni ushbu yutuq bilan muborakbod etdi. 
Soʻngra kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib, “Salom bogʻcha”, “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari va “Mustaqillik darsi”ni yuqori saviyada oʻtkazish ishlarini tashkil etish, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya va namunaviy ssenariylarga qatʼiy amal qilish lozimligi alohida aytib oʻtildi. 

Qayd etish joizki, joriy yil oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 12 nomdagi “Prezident sovgʻalari”ni joylarga yetkazish har yilgidan barvaqt boshlanib, hududlarga 100 foiz yetkazib berildi. Mazkur jarayonning yakuniy qismini ham a'lo darajada tugatish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Foydali Havolalar