I Xalqaro xalq diplomatlari kongressi xorijiy ishtirokchilari Toshkent shahridagi 110-maktabga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 28 oktabr kuni I Xalqaro xalq diplomatlari kongressi xorijiy ishtirokchilari Toshkent shahridagi 110-maktabga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad mamlakatimizda o‘rta ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning chuqur ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.