Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi


Yoshlar markazida oylik doirasida Toshkent shahar Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashining 1-ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan kengash yig‘ilishida 500 nafardan ziyod maktablar, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar qatnashdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning ilm-fanda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ularning ilmiy g‘oya va tashabbuslarini yuzaga chiqarish hamda faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Yig‘ilishda “Yosh o‘qituvchi va olimlar kengashi” tuzilib, boshqaruv raisi etib iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, yosh olim, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi Shohrux Boymurodov saylandi.

Shuningdek, kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan ish reja va dastur loyihalari ko‘rib chiqildi.



Foydali Havolalar