Pedagogik mahorat markazlari faoliyatini takomillashtirish, “Ustozlar milliy forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va qayta taqsimlash — navbatdagi "Vazir soati" boʻlib oʻtdi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
➖ Tadbirda Pedagogik mahorat markazlarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, toʻrtinchi “Ustozlar forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va taqsimot jarayonlari, pedagoglar ishtirokida oʻtkazilgan diagnostikasi natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Vazir Eʼzoza Karimova Pedagogik mahorat markazlarining bino va inshootlarini Abdulla Avloniy instituti andozasi asosida qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tilga olib oʻtdi. Oʻz oʻrnida mazkur vazifalarni hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, har bir tuman (shahar)dagi kamida bittadan tayanch maktabda kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish, pedagoglarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2011