UNESCO Yoshlar Forumi – 2025, Samarqand


110-maktab o‘quvchisi sifatida men Muydinova Ominabonu 14-UNESCO Yoshlar Forumi ochilish marosimida ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu xalqaro forum dunyoning 140 mamlakatidan 150 dan ortiq yosh yetakchilarni birlashtirdi.
Forumda biz iqlim o‘zgarishi, ijtimoiy masalalar va yoshlarning global jarayonlardagi o‘rni haqida fikr almashdik. Tadbir davomida yoshlar o‘z takliflarini ilgari surib, “Call to Action” — Amaliy Harakatga Chorlov hujjatini ishlab chiqdilar.
Bu tajriba menga yangi bilimlar, xalqaro aloqa va o‘z mamlakatim – O‘zbekiston yoshlarini dunyo sahnasida munosib namoyish etish imkonini berdi.



Foydali Havolalar