Indoneziyaning boshlang’ich va o’rta ta’lim vaziri Abdul Mu’ti Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 5-noyabr kuni Indoneziyaning boshlang’ich va o’rta ta’lim vaziri Abdul Mu’ti Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Maktab jamoasi Indoneziya davlatidan kelgan delegatsiyani samimiy va iliq kutib oldi, ularga bag’ishlab o’quvchilar ishtirokidagi tadbir dasturi namoyish etildi.
Tashrif davomida maktab rahbari Rashidova Umida Anvarovna mehmonlarni maktab hayoti, o’quvchilar qo’lga kiritgan yutuqlari bilan tanishtirdi.
Yurtimizning nufuzli maktablaridan biriga bo’lgan ushbu tashrif mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.









