Maktabimizda “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-sonli umumta’lim maktabida bo‘lim tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 7 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — 34-sonli eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Turdiyeva Nodira Kobilovna;
2-o‘rin — 183-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Nurmatova Gulnoza Nematjon qizi;
3-o‘rin — 164-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Axrarxodjayeva Gulnoza Abdisattarovna.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Foydali Havolalar