YANA BIR YUKSAK G‘ALABA!

Bugun maktabimizning iqtidorli va tirishqoq o‘quvchilari yana bir katta yutuq bilan bizni quvontirdilar! 
O‘zbekiston Respublikasi sharafini munosib himoya qilgan Yo‘l harakati yosh inspektorlari otryadi XXI Respublika YHXX yosh inspektorlari yig‘inida MDH davlatlari o‘rtasidagi bahsda faxrli I O‘RIN 🥇ni qo‘lga kiritdilar!
Ushbu yuksak natija uchun jamoamiz Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy politsiya qo‘mitasi tomonidan Faxriy diplom bilan taqdirlandi!
Bu diplom — bolalarimizning tinimsiz mehnati, intilishi, bilim va mahorati, jamoaviy birdamligi hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchining yorqin natijasidir!
Aziz o‘quvchilarimiz!
Sizlar bilan faxrlanamiz! Sizlarning har biringiz ushbu g‘alabaga o‘z hissangizni qo‘shdingiz. Kelajakda ham yanada ulkan marralarni zabt etishingizga ishonamiz!
O‘quvchilarimizni qo‘llab-quvvatlagan ota-onalarimizga, ustoz va murabbiylarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Sizlar O‘zbekistonimizning munosib vakillarisiz!
Sizlar — bizning faxrimiz!
Sizlar — yurtimiz kelajagisiz! 

🥇 I O‘RIN — O‘ZBEKISTON!

Foydali Havolalar